Inklyuziv ta’lim yo‘lida navbatdagi qadam
2026-03-13 09:00:00 / Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNICEF hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ota-onalar farzandlarini inklyuziv bog‘cha va maktablarga joylashtirishda duch kelayotgan asosiy xulq-atvor to‘siqlari muhokama qilindi.
Unda UNICEF va Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tadqiqot natijalari taqdim etilib, aniqlangan muammolar tasdiqlandi va ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Ma’lumki, O‘zbekiston inklyuziv ta’limga bosqichma-bosqich o‘tmoqda. Bu esa nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ham teng va sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratishni anglatadi.
Seminar doirasida o‘qituvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilikning qarashlari hamda xatti-harakatlarini o‘zgartirish uchun qanday choralar zarurligi muhokama qilindi. Ushbu ishlar inklyuziv ta’limni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy va xulq-atvorni o‘zgartirish strategiyasini yakunlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
