“O‘qish savodxonlari” tanlovi boshlandi
2026-03-11 12:00:00 / Yangiliklar

Bugun respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanloviga start berildi.
11–14-mart kunlari davom etadigan mazkur tanlov jarayonida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matnni tushunish, tahlil qilish hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari baholanmoqda.
Tanlov topshiriqlari badiiy va axborot matnlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarning matndan muhim ma’lumotlarni ajratib olish, xulosa chiqarish, g‘oya va ma’lumotlarni talqin qilish hamda matn mazmunini baholash kabi ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan.
O‘quvchilarning yozma javoblari sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida avtomatik tarzda baholanadi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, har bir hududdan eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, g‘oliblarga noutbuk va planshet kabi qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi, ularning ota-onalariga esa tashakkurnomalar beriladi.
