Yong‘in xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2026-03-10 14:00:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparati binosida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda hamda belgilangan reja asosida tashkil etilgan tadbirda bino ichidagi xodimlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda xavfsiz hududga shartli evakuatsiya qilish ishlari olib borildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda binoni xavfsiz tark etish, jarohatlangan bemorlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘in xavfsizligiga qatʼiy rioya qilish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan xodimlarga muhim tavsiyalar berib o‘tildi.
