"Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi monitoringi ishlar muhokama qilindi
2026-03-06 10:10:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda tuman bo‘linmalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Unda poytaxtimizda amalga oshirilayotgan "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar, kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xorijlik va mahalliy mutaxassislar faoliyati, loyiha monitoringi ham muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘nggida masʼullar tomonidan mavjud holat va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot qilindi hamda ularning axborotlari tinglandi.
