Farg‘ona viloyati ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganilmoqda
2026-02-24 15:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.
Uchrashuv doirasida hududdagi 27- va 1-maktablarda bo‘lib, ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Maktablarda o‘qituvchilar va o‘quvchilari bilan muloqot qilib, kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashdi.
O‘rganish jarayonida joriy o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Jarayonlar davom etmoqda.
