“Kokoro Lingua” innovatsion platformasidan samarali foydalanilmoqda
2026-02-18 11:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyatidagi 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida fransuz tilini o‘rganish bo‘yicha “Kokoro Lingua” innovatsion platformasidan samarali foydalanilmoqda.
Mazkur tashabbus Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammiti doirasida imzolangan kelishuvlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
2026-yil yanvar oyidan boshlab Buxoro viloyatidagi 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 65 ta katta va maktabga tayyorlov guruhlarida fransuz tili “Kokoro Lingua” platformasi orqali bepul o‘rgatilmoqda.
