Taʼlim muassasalari foydalanishga topshirilmoqda
2026-02-17 10:00:00 / Yangiliklar
Shu kunlarda yurtimizdagi qator taʼlim muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlari o‘z yakuniga yetib, foydalanishga topshirilmoqda.
Jumladan, Farg‘onada 45-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot o‘rnida: mazkur bino 1932 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda esa muassasa 120 o‘rinli qilib qayta tamirdan chiqarildi.
Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Achamayli” mahallasida joylashgan 17-sonli DMTT taʼmirlanib, zamonaviy talablarga mos ravishda to‘liq yangicha qiyofaga keltirildi.
Mazkur muassasaning binolari to‘liq yangilanib, o‘quv xonalari, o‘yin va dam olish joylari zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi.
Shuningdek, bolalar xavfsizligi va qulayligi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
