Buxoroda “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasiga start berildi
2026-02-02 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun Buxoro viloyatida oʻquvchi qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha tashkil etilayotgan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasining tuman (shahar) bosqichiga start berildi.
Musobaqada viloyatdagi umumtaʼlim muassasalarining 7–11-sinflarida tahsil olayotgan, 14–18 yoshli oʻquvchi qizlar faol ishtirok etmoqda.
Maʼlumot uchun: ayni vaqtda respublikamizdagi 152 ta umumtaʼlim maktabidan jami 1 176 nafar oʻquvchi-qizlar musobaqada ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-5-fevral kunlari musobaqaning tuman (shahar) bosqichi, 13-17-fevral kunlari hududiy bosqichi, shuningdek, 24-30-mart kunlari respublika bosqichi oʻtkaziladi.
