"Ta’lim tizimini takomillashtirish: maqsad va vazifalar" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi
2026-01-20 17:00:00 / Yangiliklar
"Taraqqiyot strategiyasi" markazida qator vazirlik va tashkilotlar mas‘ullari ishtirokida "Ta’lim tizimini takomillashtirish: maqsad va vazifalar" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, vazirlik mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Tadbir davomida "Takomillashayotgan "Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi, xususan maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir zarur oʻzgarishlar, kutilayotgan natija va yangiliklar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, mas‘ullar tomonidan OAV vakillarining mavzuga doir savollariga atroflicha javob berildi.
