Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi
2025-12-19 14:00:00 / Yangiliklar
Hurmatli tizim xodimlari,
Qadrli ota-onalar!
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, ushbu yoʻnalishda tizimli va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida ham korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, vazirlik tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi joriy etilmoqda, sohaga oid koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazildi. “Bir darcha” tamoyili asosida 10 dan ortiq davlat xizmatlari toʻliq elektron shaklga oʻtkazilib raqamlashtirilmoqda.
Shuningdek, Hisob palatasi, Bosh prokuratura hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Situatsion markaz” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Korrupsiya holatlari haqida tezkor xabar berish maqsadida “Aloqa kanallari” va “Call-markaz” tashkil etildi. Bunda murojaat etuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligi qonunchilikka muvofiq taʼminlanadi.
Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bu kabi ishlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiradi, jismoniy va yuridik shaxslarning bu sohadagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Hurmatli maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi jamoasi,
Qadrli ota-onalar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvohi boʻlsangiz yoki ularning qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, vazirlikning “Ishonch telefoni” (71-202-09-09) yoki mazkur aloqa kanallari orqali oʻz murojaatingizni yoʻllashingiz mumkin:
https://t.me/mmtv_anticorbot
https://uzedu.uz/uz/page/korrupsiyaga-qarshi-kurashish
https://vazir.uzedu.uz/
https://t.me/uzedu_vazirbot
info@uzedu.uz
Sizning ushbu murojaatlaringiz maxfiyligi kafolatlanadi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʻyicha keskin choralar koʻriladi.
Shu oʻrinda tizim xodimlarini korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga, shuningdek, oʻz xizmat vazifalarini halollik, xolislik va masʼuliyat bilan bajarishga yana bir bor chaqirib qolamiz.
