Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi
2025-12-09 14:00:00 / Yangiliklar
Bugun “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tizimda korrupsiyaga qarshi samarali choralar ko‘rilmoqda. Korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish uchun vazirlik funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha yo‘l xaritalari amalga oshirilmoqda. Davlat xizmatlari soddalashtirilib, 10 dan ortiq xizmat raqamlashtirildi, muddati ikki barobar qisqardi, 8 turdagi hujjat talabi bekor qilindi.
Ta’lim tashkilotlarida “halollik vaksinasiga” asoslangan maxsus dasturlar, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun antikorrupsiya darslari joriy etildi. GRAСE dasturi doirasida yoshlar uchun halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib etuvchi faol ishlar olib borilmoqda.
Tadbir ishtirokchilari vazirlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot oldilar, savollariga javob va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
