Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida MAʼLUMOT (noyabr)
2025-11-27 17:50:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi PQ–5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, hududlarga tashriflari hamda huzurlarida oʻtkazilgan yigʻilish bayonlari topshiriqlarini ijro holati har hafta juma kuni – vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida, har hafta dushanba kuni – vazir huzurida, har oyda – vazirlik hayʼat majlislarida doimiy tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan topshiriqlarning soni keskin ortgan.
Jumladan, 2020-yilda 133 ta hujjatdagi 544 ta topshiriq yuklatilgan boʻlsa, 2025-yilda topshiriqlan soni 3 barobarga ortib 259 ta hujjatda belgilangan 1 708 ta topshiriq nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun:
2020-yilda jami 133 ta hujjatda 544 ta topshiriq;
2021-yilda jami 202 ta hujjatda 951 ta topshiriq;
2022-yilda jami 157 ta hujjatda 715 ta topshiriq;
2023-yilda jami 166 ta hujjatda 1 725 ta topshiriq;
2024-yilda jami 185 ta hujjatda 1 047 ta topshiriq;
2025 yil 9 oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 186 ta hujjatida belgilangan 689 ta topshiriq ijrosi taʼminlanishiga erishildi.
Jumladan, ijro muddati OKTYABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 147 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 37 ta topshiriq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 46 ta topshiriqning ijrosi toʻliq taʼminlandi.
Bugungi kunda ijro muddati NOYABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 152 ta topshiriqdan (11 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 147 tasi (96.1 %) ning ijrosi taʼminlangan, 1 ta topshiriq maʼlumot uchun qabul qilingan.
Prezident topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 1 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 4 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 1 ta.
NOYABR oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining jami 18 ta topshiriqdan (6 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 16 tasi (88.9 %) ning ijrosi taʼminlangan, 2 ta topshiriq qolgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari rezalyusiyalari komplekslar kesimida:
Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 1 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 1 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 1 ta.
NOYABR oyida Prezident Administratsiya rahbari bayonida 1 ta.
Prezident Administratsiyasi rahbari topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 1 ta.
NOYABR oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlaridagi 39 ta topshiriqdan 39 ta (100 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan.
PF-117 son farmon talabiga muvofiq, 1-oktabr sanasidan ijroga qaratilgan 6 ta topshiriqdan bugungi kunda 5 ta to‘liq ijrosi ta’minlangan.
Shuningdek, DEKABR oyida 492 ta asosiy topshiriqdan 175 ta (35.6 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan, 32 ta topshiriq topshiriq doimiy tusga ega boʻlib vakolatli tashkilotlar tomonidan maʼlumot uchun qabul qilinib muddati muvofiqlashtirilmoqda.
Prezident topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 46 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyev – 50 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 76 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 113 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 32 ta
DEKABR oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining jami 68 ta topshiriqdan (5 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 16 tasi (23.5 %) ning ijrosi taʼminlangan.
Prezident Administratsiyasi rahbari topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 2 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyev – 14 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 8 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 15 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 13 ta.
DEKABR oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlaridagi jami 56 ta topshiriqdan (13 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 20 tasi (35.7 %) ning ijrosi taʼminlangan.
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 2 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyev – 2 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 10 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 16 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 6 ta.
Shunigdek, Vazirning 2025-yil 3-noyabrdagi 418-son buyrug‘ bilan noyabr-dekabr oylari hamda 2026-yil 10-yanvarga qadar kuchaytirilgan (favqulodda) ish tashkil etildi.
2025-yil 7-noyabr kuni Ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi. Mazkur iqtisodiy o‘qish Vazirning joriy yilning 7-noyabrdagi 34-son bayoni bilan tasdiqlandi.
TAHLILIY MA'LUMOTLAR:
