Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri boshchiligidagi delegatsiya Doha shahrida
2025-11-25 09:00:00 / Yangiliklar
Tashrif doirasida delegatsiya vakillari WISE 12 global sammitida ishtirok etdi.
Tadbirni rasmiy ravishda Shayxa Moza bint Nasir Al-Misned ochib berdi.
Ma'lumot uchun: unda Qatar davlatining oliy martabali mehmonlari, xalqaro tashkilotlar va hukumat vakillari,qator mamlakatlar ta’lim vazirlari hamda elchixonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida Ta’lim vazirlari ishtirokida davra suhbati ham bo‘lib o’tdi.
Unda inson kapitalini rivojlantirishda ta’lim tizimining roli, raqamli yondashuvlar va innovatsion yechimlarning ahamiyati, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
