“O‘rta taʼlimda STEM” loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi imzolandi
2025-11-18 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “O‘rta taʼlimda STEM” loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi imzolandi.
Mazkur bitim 2025–2030 yillar davomida Respublikadagi 200 ta maktabda STEM fanlari (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) bo‘yicha zamonaviy o‘quv laboratoriyalarini yaratish va ularni jihozlashni nazarda tutadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov ishtirok etdi.
Shuningdek, tomonlar 100 mln dollarlik mazkur loyihaning yuqori strategik ahamiyati, uning taʼlim infratuzilmasi va sifatini oshirishdagi muhim o‘rnini alohida qayd etdi.
