"Ta’lim — korrupsiyadan holi" mavzusida seminar o‘tkazildi
2025-11-11 15:30:00 / Yangiliklar
Toshkent shahridagi ta'lim muassasalarda faoliyat yurituvchi 800 dan ortiq xodimlar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida "Ta’lim — korrupsiyadan holi" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Adliya vazirligi vakillari, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman bo‘limlari boshliqlari, direktor va pedagoglar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda sohada korrupsiyani oldini olish, tizimni shaffof va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.
