Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining Hisob siyosati
|
|
Soliq qoʻmitasi Raisining |
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Hisob siyosati
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”ga (roʻyxat raqami 2853, 2016-yil 27-dekabr) muvofiq ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – Soliq qoʻmitasi) Hisob siyosati budjet hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
Umumiy qoidalar
Mazkur Hisob siyosatida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
budjet hisobi – budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi;
hisob siyosati – belgilangan prinsiplarga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladigan aniq uslublar, asoslar, yoʻl qoʻyishlar, qoidalar hamda usullar majmui.
Mazkur Hisob siyosatining maqsadi hisob siyosatini tanlash va oʻzgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek Soliq qoʻmitasi tomonidan budjet hisobini va moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat.
Mazkur Standart Soliq qoʻmitasining moliyaviy hisobotlariga boʻlgan ishonchlilik darajasini va maʼlum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini oʻzaro solishtirish darajasini oshirishga moʻljallangan.
Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish
Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish prinsipi tashkilot buxgalteriyasi barcha xoʻjalik operatsiyalarini hisob registrlarida roʻyxatga olishni ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida amalga oshirishini bildiradi.
Ikkiyoqlama yozuv tizimi bir xoʻjalik operatsiyasi boʻyicha bir summaning budjet hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini nazarda tutadi.
Uzluksizlik
Uzluksizlik prinsipi tashkilotning hisobini yuritish muddati, tashkilotning faoliyati davriga muvofiq boʻlishini, yaʼni hisob yozuvlari yuritish, tashkilotning tashkil etilishidan to tugatilguniga qadar amalga oshirilishini bildiradi. Tashkilot oʻz faoliyatini tugatgan kundan boshlab budjet hisobini yuritishni toʻxtatadi.
Uzluksizlik prinsipiga asoslanib tayyorlangan moliyaviy hisobot tashkilotning doimiy faoliyat yuritishini va nomaʼlum uzoq muddat davomida oʻz faoliyatini davom ettirishini bildiradi.
Xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish
Barcha xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda oʻlchanishi — pul bilan baholanishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasida pul oʻlchov birligi — soʻm va uning yuzdan bir ulushi tiyin hisoblanadi.
Ishonchlilik
Axborotda jiddiy xatolar yoki gʻarazlilik boʻlmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin boʻlsa, u ishonchli hisoblanadi.
Operatsiyalar va holatlarning ishonchliligi birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanadi va har bir hisob yozuvi haqiqatda amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalarini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlariga asoslangan boʻlishi kerak.
Hisoblash
Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, daromadlar va xarajatlar, tashkilot tomonidan amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari va holatlar budjet hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablagʻlari yoki ekvivalentlari olingan yoxud toʻlangan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettirilishi lozim.
Koʻrsatkichlarning qiyosiyligi
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʻlishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan boʻlishi lozim. Tashkilot tomonidan moliyaviy hisobot tayyorlashda foydalanilgan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha oʻzgarishlardan va shunday oʻzgarishlarning natijalaridan xabardor boʻlishlari kerak.
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi mazkur hisobot davridagi xarajatlarni amalga oshirishni taʼminlagan mazkur davrdagi daromadlarnigina aks ettirilishini anglatadi.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi tashkilot uchun baholashda aktivning qiymati asos boʻlishini nazarda tutadi.
Soliq qoʻmitasi buxgalteriya xizmati tashkiliy tuzilmasi
Soliq qoʻmitasi rahbariyati buxgalteriya hisobini tashkil etish, uni toʻliq va aniq yuritish, moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarini, hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishni, shuningdek buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini nazorat qiladi.
Soliq qoʻmitasi rahbariyati va bosh buxgalter tashkilotda moliyaviy hisobotni hisobga olish va toʻgʻri tayyorlash ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.
Bosh buxgalterga oʻz majburiyatlarini bajargani hamda oʻz huquqlaridan foydalangani uchun buxgalteriyaga oid qonun hujjatlariga muvofiq tazyiq oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek xarajatlar smetasi ijrosiga taalluqli barcha hujjatlar hamda moliyaviy hisobotlar Soliq qoʻmitasi rahbariyati va bosh buxtalteri tomonidan imzolanadi.
Bosh buxgalter tomonidan imzolanmagan boshlangʻich hisob hujjatlari ijro uchun yaroqsiz hisoblanadi va ijroga qabul qilinmaydi.
Soliq qoʻmitasi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni tuzadi va iqtisodiyot va moliya organiga topshiradi.
Soliq qoʻmitasi buxgalteriya hisobini tashkil qilishni hamda yuritishni ushbu Hisob siyosati va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilgan holda avtomatlashtirilgan holda tashkil qilishlari mumkin.
Soliq qoʻmitasi buxgalteriya hisobi operatsiyalarini “UzASBO” dasturiy majmuasida yuritadi.
Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 14-son Farmoniga muvofiq vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan markaziy apparat va tizim tashkilotlari tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash vakolati berilgan.
Shunga muvofiq, buxgalteriya boʻlimi Soliq qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlangan markaziy apparat tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Moliya-iqtisod boshqarmasi tarkibidagi boʻlim hisoblanib, buxgalteriya boʻlimi tarkibida Bosh hisobchi, 1 ta davlat soliq bosh inspektori va 2 ta shtat birligidan iborat davlat soliq katta inspektorlardan iborat.
Tashkilot tomonidan foydalaniladigan va unda sintetik va analitik schyotlar roʻyxati boʻlishi lozim boʻlgan ishchi schyotlar rejasi
Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktyabr)ga hamda “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami
2169, 2010-yil 22-dekabr) muvofiq buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga asosan yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda schyotlar rejasini oʻzgartirilishiga yoki schyotlar rejasida keltirilmagan schyotlarni yoki subschyotlarni qoʻllagan holda buxgalteriya hisobining yuritilishi taqiqlanadi .
Hujjatlar aylanmasi grafigi
Soliq qoʻmitasi Buxgalteriyasida hujjatlar aylanishi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi Nizom” (roʻyxat raqami 3538, 2024-yil 30-iyul) bilan tartibga solinadi.
Hisob maʼlumotlarini qayta ishlash usullari
(qoʻlda yoki dasturiy taʼminotni qoʻllash orqali)
Soliq qoʻmitasi buxgalteriyasida hisob maʼlumotlarini qayta ishlash ishlari qoʻlda, “UzASBO” dasturiy majmuasi hamda boshqa dasturiy taʼminotlarni qoʻllash kabi usullari foydalanadi.
Namunaviy shakllari nazarda tutilmagan, xoʻjalik operatsiyalarini qayd qilish uchun qoʻllaniladigan birlamchi hisob hujjatlarining shakllari
Soliq qoʻmitasi buxgalteriyasida amaldagi buxgalteriya hisobining namunaviy shakllari nazarda tutilmagan holatlar boʻyicha birlamchi vujudga kelganda, xoʻjalik operatsiyalarini qayd qilish uchun qoʻllaniladigan birlamchi hisob hujjatlarining shakllarini Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisob toʻgʻrisidagi qonunchilik doirasida yangi shakllardagi birlamchi hisob hujjatlari yaratgan xolda ish yuritishi mumkin.
Bunda, boshlang‘ich hujjatlarida quyidagi rekvizitlar aks ettirishi majburiy hisoblanadi:
yetkazib beruvchi va (yoki) qabul qiluvchi tashkilot nomi;
hujjat nomi va raqami, tuzilgan sana va joy;
xo‘jalik operatsiyalari nomi, mazmuni va miqdoriy o‘lchovi (natura va pulda);
natura va pul shaklida xo‘jalik operatsiyalarini o‘lchash vositalari;
moliya-xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari nomi va imzolari.
moliya-xo‘jalik operatsiyasini o‘tkazish uchun javobgar shaxslarning shaxsiy imzolari.
Boshlang‘ich hujjatda quyidagi qo‘shimcha rekvizitlar keltirilishi mumkin:
tashkilotning manzili;
hujjat bilan qayd qilingan xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun asos;
hujjatlashtirilayotgan xo‘jalik operatsiyasining xususiyatini belgilaydigan boshqa qo‘shimcha rekvizitlar.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari qog‘oz va elektron hujjat ko‘rinishida tuzilishi mumkin.
Boshlang‘ich hisob hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning imzosi bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ijroga qabul qilinmaydi.
Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlariga qalamda qaydlar kiritish taqiqlanadi. Boshlang‘ich hujjatlardagi bo‘sh satrlarga chiziq tortilishi kerak.
Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, kompyuter texnikasi va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflashning belgilangan tartibi hamda qonun hujjatlariga zid bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlarni ijroga qabul qilish va rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Birlamchi hisob hujjatlariga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunining
13-moddasiga muvofiq
Pul, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlar buxgalteriya hisobi subyektining rahbari tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxslarning ikkita roʻyxatini tasdiqlaydi. Birinchi roʻyxatga buxgalteriya hisobi subyektida rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Agar buxgalteriya hisobi subyekti rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini oʻz zimmasiga olgan boʻlsa, u holda har ikkala roʻyxatda ham oʻzini koʻrsatadi.
Koʻrsatilgan shaxslarning imzosi mavjud boʻlmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi
Oʻzbekiston Respubulikasi Soliq qoʻmitasida birinchi imzo huquqi quyidagilarga tegishli:
Tashkilot rahbari;
yoki rahbar tomonidan imzo qoʻyish huquqi berilgan shaxslar.
Ikkinchi imzo huquqi quyidagilarga tegishli:
Soliq qoʻmitasi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs);
bosh hisobchi;
yoki buxgalteriya hisob va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshirish yuklatilgan shaxs.
Moliyaviy hisobot
Moliyaviy hisobot – Soliq qo‘mitasining ma’lum davrdagi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy ma’lumotni taqdim etish usuli.
Moliyaviy hisobotning maqsadi – Soliq qo‘mitasining moliyaviy ahvoli, uning faoliyati va pul oqimlari to‘g‘risida ma’lumot berishdir, bu foydalanuvchilarning keng doirasi uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun zarurdir.
Soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti»ning 11-bandiga muvofiq yillik moliyaviy hisobotlari standartning 1–5, 8–10-ilovalariga, choraklik hisobotlari standartning 1–5, 8, 10-ilovalariga muvofiq hisobotlari tuziladi.
Soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan hisobotlar umumlashtiriladi va jamlanma hisoboti Iqtisodiyot va moliya vazirligiga topshiriladi.
Moliya-iqtisodiyot boshqarmasining alohida ko‘rsatmasiga muvofiq belgilangan shakl va muddatlarida Soliq organi tarkibidagi tuzilmalardan qo‘shimcha hisobotlari olinishi mumkin.
Uzoq muddatli aktivlar hisobini yuritish tartibi
Uzoq muddatli aktivlarga foydalanish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari kiradi.
Asosiy vositalar hisob yuritilishi Adliya vazirligida 2024-yil 9-avgustda 3546-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) «Asosiy vositalar» standarti asosida, ularni inventarizatsiyasidan o‘tkazish Adliya vazirligida 2024-yil 12-avgustda 3548-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» standarti va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar – tashkilotning uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalar jarayonida foydalaniladigan, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish mumkin bo‘lgan moddiy aktivlar.
Asosiy vositalarning inventar raqami tuzilmasi
Soliq qoʻmitasida buxgalteriya hisob toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) muvofiq:
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish va ularning hisobini tashkil etish uchun har bir obyekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, oʻn toʻrt belgidan iborat inventar raqami beriladi.
Bunda, dastlabki olti belgi subschyotni bildiradi, yettinchi va sakkizinchi belgi — asosiy vositalar yillik eskirish meʼyorlarining guruhlari va kichik guruhlari tartib raqamini, qolgan olti belgi esa, predmetning guruhdagi tartib raqamini bildiradi. Bunda, guruhning kichik guruhi mavjud boʻlmaganda “Nol” bilan belgilanadi.
Masalan, 221 110 11 000001 — inventar raqamida 221 110 — “Turarjoy imoratlar” subschyotini, 11 — asosiy vositalar yillik eskirish meʼyorlarining guruhlari va kichik guruhlari tartib raqami, 000 001 — obyektning tartib raqamini bildiradi;
221 221 50 000001 — inventar raqamida 221 221 — “Informatsion, kompyuter va telekommunikatsion jihozlar” subschyotini, 50 — asosiy vositalar yillik eskirish meʼyorlarining guruhlari va kichik guruhlari tartib raqami, 000 001 — predmetning tartib raqamini bildiradi.
Oldingi xisobot (yillarida) davrda “UzASBO” dasturiy majmuasiga kiritilgan asosiy vositalarning inventar raqamlari mos ravishda “UzASBO-2” dasturiy majmuasiga toʻgʻridan toʻgʻri koʻchirilishi (avtomatik tarzda) koʻchiriladi, yaʼni dastlabki sakkiz belgi subschyotlari, yettinchi va sakkizinchi belgi — asosiy vositalar yillik eskirish meʼyorlarining guruhlari va kichik guruhlari tartib raqamlarida oʻrin almashish holatlari vujudga kelgan taqdirda bu holatlar oʻzgarishsiz qoldiriladi hamda shu holicha Soliq qoʻmitasi balansidan chiqarildi.
Asosiy vositani qabul qilish
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida Soliq qo‘mitasi balansiga kirim qilinadi:
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;
kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan ob’ektni qabul
qilish-topshirish;
beg‘araz kelib tushish;
tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish;
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;
almashuv operatsiyalari;
moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.
Sotib olish uchun Soliq qo‘mitasining barcha xarajatlari, shuningdek aktivni maqsadli foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar (xususan, ushbu asosiy vositani o‘rnatish va ishga tushirish) kapitallashtiriladi va foydalanishga topshirish vaqtida asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shiladi.
Foydalanish holatida va o‘z joyida bo‘lgan asosiy vositalarga qilingan xarajatlar (qayta o‘rnatish va foydalanish jarayonidagi xarajatlar) asosiy vositaning balans qiymati xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi.
Xorijiy valyutaga sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ularni sotib olishni tasdiqlovchi dastlabki buxgalteriya hujjatlarida (yuk hujjatlari yoki yuk bojxona deklaratsiyasi) ko‘rsatilgan qiymatga qarab belgilanadi.
Xarid qilish vaqtida xorijiy valyutada ifodalangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 8-sonli BHS standartning 39-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mda belgilanadi.
Asosiy vositalar «Asosiy vositalarni va tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish bo‘yicha» doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganilgandan so‘ng qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning eskirishi
Eskirish – foydali xizmat davri mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda xarajatlariga tizimli taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi.
Asosiy vositalarining eskirishi quyidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi:
Asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlari
|
Guruhlar tartib raqami |
Kichik guruhlar tartib raqami |
Asosiy vositalarning nomi |
Eskirishning yillik normasi, foizlarda |
|
I |
Binolar va inshootlar |
||
|
1. |
Binolar |
5 |
|
|
2. |
Inshootlar |
10 |
|
|
II |
Quvurlar, elektr uzatish va telekommunikatsiyalar liniyalari |
15 |
|
|
III |
Mashinalar va uskunalar (transport uskunalaridan tashqari) |
20 |
|
|
IV |
Transport uskunalari |
||
|
1. |
Havo va kosmik uchish apparatlari va ular bilan bog‘liq uskunalar, kemalar va qayiqlar, lokomotivlar va harakatdagi tarkib (temir yo‘l tarkibi) |
10 |
|
|
2. |
Avtotransport vositalari, avtomobil kuzovlari (korpuslari), tirkamalar va yarim tirkamalar, boshqa transport uskunalari |
20 |
|
|
V |
Kompyuterlar va periferiya uskunalari |
20 |
|
|
VI |
Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizatsiya qilinadigan aktivlar |
15 |
Asosiy vositalarining yillik eskirishi yuqoridagi me’yorlardan kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.
Bunda eskirish me’yorlari asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
Asosiy vositalarni qayta baholash uslublari
Soliq qoʻmitasi balansidagi asosiy vositalarni qayta baholash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3144-son, 20.03.2019-yil) muvofiq oʻtkaziladi.
Soliq qoʻmitasi tomonidan asosiy vositalar “UzASBO” dasturiy majmuasida har yili qayta baholash davrida narx darajasidan kelib chiqib qayta baholash indeksatsiyaga asosan 1-yanvar holatiga (1-fevralgacha) yoki zaruratga koʻra (sotuvga chiqarishdan) oldin hujjatlarga asoslangan bozor qiymati boʻyicha asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash – asosiy vositalar qayta tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.
Qiymatini aniq baholash imkoni boʻlgan asosiy vosita aktiv sifatida tan olinganidan keyin amortizatsiya va qadrsizlanish xarajatlarini chegirib tashlagan holda qayta baholangan qiymati buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Balans qiymati va hisobot kunidagi qiymat oʻrtasidagi sezilarli farqlarning oldini olish uchun asosiy vosita obyektini qayta baholash bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Asosiy vosita obyektini qayta baholash indeksatsiya yoki xujjatlarga asoslangan bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularning hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi oʻzgarishi mumkin.
Inventarizatsiya oʻtkazishning tartibi va muddatlari (inventarizatsiya qilish majburiy boʻlgan hollardan tashqari)
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti
(19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga (roʻyxat raqami
3548, 2024-yil 12-avgust) muvofiq;
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi:
- mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
- haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan solishtirish;
- buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirish.
Quyidagi hollarda inventarizatsiyadan oʻtkazish majburiy hisoblanadi:
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat tashkilotini oʻzgartirishda (davlat tasarrufidan chiqarilganda);
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan hisobot yilining 1-oktabridan keyin inventarizatsiyadan oʻtkazilgan mol-mulk mustasno.
Tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Pul mablagʻlari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qatʼiy hisobdagi blanklari oyda bir marta va yonilgʻi-moylash materiallari har chorakda, qimmatbaho metallar qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Ishlab chiqarish zaxiralari quyidagi hollarda inventarizatsiyadan oʻtkaziladi:
asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralar qayta baholanganda;
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);
oʻgʻirlik yoki suiisteʼmol qilish, shuningdek qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;
tabiiy ofatlar, yongʻinlar, falokatlar yoki gʻayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
tashkilot tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida jamoa rahbari oʻzgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq aʼzolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta aʼzolari talabi bilan inventarizatsiya oʻtkaziladi.
Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun tashkilotlarda quyidagi tarkibda doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari (komissiya raisi);
buxgalteriya boʻlimi boshligʻi yoki buxgalteriya boʻlimi mutaxassisi;
ichki audit xizmati xodimi;
mutaxassislar (tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi va boshqalar);
axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassis;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimi;
yuridik boʻlimi hodimi.
Inventarizatsiyani oʻtkazishda inventarizatsiya komissiyasining aʼzosi (aʼzolari) ishtirok etmasa, mazkur holat inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Komissiya quyidagi holatlar uchun javobgar boʻladi:
tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq inventarizatsiyani oʻz vaqtida oʻtkazish va uni oʻtkazish tartibiga rioya qilish;
tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari va toʻlov vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatga toʻliq va aniq qayd etish;
tovar-moddiy zaxiralarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilarini (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant boʻyicha tartib raqami, artikuli va boshqalar) roʻyxatda toʻgʻri koʻrsatish;
belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallarini toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish.
Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish, oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.
Inventarizatsiya qilishda (ortiqcha yoki kamomadda) mulkni baholash uslublari
Agarda aniqlangan kamomad oʻrniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan tovar-moddiy zaxiralarining qiymati kamomad chiqqan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga teng yoki kam boʻlsa, ushbu tovar-moddiy zaxiralar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablagʻlarini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.
Oʻlchash dalolatnomalari bilan yonilgʻining belgilangan sarflash meʼyorlari taqqoslanganda kamomad chiqsa, tashkilot rahbari ortiqcha sarflash sababini aniqlash tadbirlarini, tegishli hollarda esa, aybdor shaxslardan undirish choralarini koʻradi;
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablagʻlari (pul ekvivalentlaridan tashqari) tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va hisobda pul mablagʻlari belgilangan tartibda kirim qilinishi uchun Yagona schyotlar rejasining tegishli subschyotlari orqali buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar hisobi tartibi
Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda Bojxona qo‘mitasi 9-sonli BHS «Nomoddiy aktivlar» standartiga asoslanadi.
Nomoddiy aktivlar – Soliq qo‘mitasi tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan identifikatsiyalanadigan mol-mulk ob’ektlari.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilish
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida aktiv sifatida qayd etiladi, agar ular ishonchli tarzda o‘lchanishi va boshqa aktivlardan yoki xarajatlardan ajratilishi mumkin bo‘lsa, ular muhim bo‘lishi va kelajakda iqtisodiy foyda keltirishi mumkinligiga ishonch yetarli bo‘lishi kerak.
Gudvill miqdori xaridor tomonidan kelgusidagi iqtisodiy samarani kutib aktivlarga to‘langan narxga ustama sifatida qaralishi va alohida inventarizatsiya predmeti sifatida hisobga olinishi kerak.
Qabul qilinganidan keyin nomoddiy aktiv va uni sotib olish va ishga tushirish xarajatlari kapital qo‘yilmalar hisobvaraqlarida aks ettiriladi va foydalanishga topshirilgandan keyin nomoddiy aktivlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Nomoddiy aktivlarning eskirishi
Nomoddiy aktivlar eskirishi – foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish.
Nomoddiy aktivning hisobi uning foydali xizmat muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Cheklangan foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktiv uchun amortizatsiya va aksincha, noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivlar uchun amortizatsiya hisoblanmaydi.
Nomoddiy aktivning amortizatsiyasi to‘g‘ri chiziqli usul bilan hisoblanadi.
Joriy moddiy aktivlarga bir yildan kam muddatga foydalanishga mo‘ljallangan mol-mulk kiradi. Amaldagi aktivlarning qiymati tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish maqsadiga qarab to‘liq joriy xarajatlarga o‘tkaziladi.
Tovar-moddiy zaxiralar harakati
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish 7-sonli BHS «Tovar-moddiy zaxiralar» standartiga asosan amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralar – tashkilotlarda xizmat faoliyatini amalga oshirish va belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish uchun xarid qilingan aktivlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:
yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilinishi;
beg‘araz kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazilishi;
ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarning aniqlanishi;
tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Tovar-moddiy zaxiralari «Asosiy vositalarni va tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish bo‘yicha» doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganilgandan so‘ng qabul qilinadi.
Soliq qo‘mitasida tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish va chiqarishda qo‘mita hisobning uzluksiz tizimini qo‘llaydi, ya’ni, balans hisobvaraqlarida tovar-moddiy boyliklarning kelib tushishi va chiqarilishi bo‘yicha batafsil yozuvlar yuritiladi muttasil ravishda ular qabul qilingan va haqiqatda chiqib ketgan sanada aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralar balansidan:
xizmat faoliyatida foydalanish uchun tarqatishda;
o‘rnatilganda;
sotish;
beg‘araz berish;
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Xizmat avtomashinalariga avtoshina va akkumulyatori o‘rnatilganda balansdan tashqari 10-hisobiga o‘tkaziladi va ushbu ehtiyot qismlar yaroqlik muddatini o‘tgandan so‘ng umumiy tartibda hisobdan chiqariladi.
Soliq qo‘mitasi balans hisobida nolikvid tovar-moddiy zaxiralar saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi va mavjudligi aniqlanganda ehtiyoji bo‘lgan boshqa tarkibiy tuzilmaga tarqatish, sotish, hisobdan chiqarish yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa choralar amalga oshiradi.
Nolikvid tovar-moddiy zaxiralari baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin sotilishi kerak.
Kassadagi pul mablag‘lari hisobi
Bankdan olingan naqd pul faqat ular olingan maqsadlar uchun sarflanadi.
Soliq qo‘mitasi kassasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 170 barobaridan tashqari ortiqcha bo‘lgan naqd pul qoldiqlari 3 kun ichida olingan manbasiga ko‘ra tegishli hisob raqamiga qaytariladi.
Soliq qo‘mitasining kassasida pul mablag‘lari tushumlari va kassasidan mablag‘larni chiqarish kassa kirim (chiqim) orderi bilan rasmiylashtiriladi.
Soliq qo‘mitasi kassa kitobini yuritadi. Kassa kitobi raqamlanib, tikilib, boshqarma boshlig‘i va g‘aznachining imzolari hamda qo‘mitaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Soliq qo‘mitasi tomonidan bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-fakturalarni elektron tarzda soliq organlarining tegishli elektron platformasi orqali qabul qiluvchi yuridik shaxslarga yuboriladi va buxgalteriya axborot dasturida aks ettiriladi.
Soliq qo‘mitasi tomonidan sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar, ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) uchun hisob-fakturalar hisobi buxgalteriya axborot dasturida yuritiladi.
Xodimlar mehnatiga haq toʻlash
Soliq qoʻmitasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-aprelda tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 811-son qarorlari, Jamoa shartnomasi, ichki lokal hujjatlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa normativ-hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliqlar, yigʻimlar va majburiy ajratmalar hisobi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni saqlash, hisoblash va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hisoblash metodiga muvofiq Soliq qoʻmitasi soliq xarajatlari soliq toʻlash paytidan qatʼi nazar, ular paydo boʻlgan davrda qayd etiladi, shu bilan bogʻliq soliqlar, yigʻimlar, majburiy ajratmalar summalari har oyda hisoblab chiqariladi.
Tovar (ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasini shakllantirish tartibini
Byudjet kodeksining 60-moddasiga muvofiq, byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga byudjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) uchun kalkulyatsiyasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq shakllanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni sotib olish, qayta ishlash va joriy holatiga yetkazish uchun sarf qilingan barcha boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Hisob siyosatidagi oʻzgarishlarni hisobga olish
Hisob siyosati rahbar yoki uning oʻrinbosarining buyrugʻi yoki qarori bilan tasdiqlanadi va yildan-yilga izchil qoʻllaniladi.
Budjet hisobini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan hollarda, shuningdek Soliq qoʻmitasi qayta tashkil etilganda hisob siyosatiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Budjet hisobi maʼlumotlarini solishtirishni taʼminlash maqsadida hisob siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar moliya yili boshidan, agar Soliq qoʻmitasi qayta tashkil etilayotgan boʻlsa uni qayta tashkil etilgan sanadan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim.
Soliq qoʻmitasi yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida kelgusi moliya yili uchun hisob siyosatidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida maʼlumot beradi.
Hisob siyosati moliyaviy hisobotni barcha qoʻllanilayotgan budjet hisobi standartlari asosida shakllantirilishini taʼminlaydi.
Moliyaviy hisobot oʻziga xos talablar boʻlmaganida:
ahamiyatga ega boʻlishi — maʼlumot undan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishi;
ishonchli boʻlishi — Soliq qoʻmitasi faoliyatining barcha natijalari va moliyaviy holatini xolisona koʻrsatishi, hodisalar va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi;
xolis (begʻaraz) boʻlishi va majburiy boʻlmasligi;
toʻla (tugallangan) boʻlishi — budjet tashkiloti xoʻjalik faoliyatining barcha faktlarini toʻla aks ettirishi lozim.
Hisob siyosatini buzganlik uchun javobgarlik
Hisob siyosatini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Yakunlovchi qoida
Mazkur Hisob siyosati Soliq qoʻmitasi Raisi yoki u vakolat bergan shaxsning buyrugʻi bilan tasdiqlanganidan soʻng kuchga kiradi.
