Norezident yuridik shaxslarni hisobga qo'yish
Birja savdolarida qatnashuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish
Markirovkalash tizimida qatnashuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish
Norezidentni doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyish
Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 25-maydagi 2020-19-sonqarori ga asosan birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarni soliq organlarida elektron tarzda hisobga qo‘yish hamda hisobdan chiqarish mumkin.
Ushbu tizim orqali birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda hisobga turish bo‘yicha ariza yuborishlari mumkin.
1. Norezident yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga tarjima qilingan nusxasi ( soliq to‘lovchining xos raqami ko‘rsatilgan holda);
2. Vakolatli shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;
3. Vakolatli shaxsning norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat tiliga tarjima qilingan nusxasi.
Hisobga qo‘yish uchun berilgan ariza 3 (uch) ish kuni ichida ko‘rib chiqilib qanoatlantiriladi yoki kamchiliklar mavjud bo‘lsa, sababi ko‘rsatilgan holda qaytariladi (elektron pochta manziliga xabar yuboriladi).
Norezident yuridik shaxslar soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi (STIR berilganligi) to‘g‘risida guvohnoma elektron pochta manziliga avtomat tarzda yuboriladi.
