Soliq imtiyozlarini qaytarish va jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish bilan bogʻliq eng koʻp uchraydigan savollar
1. Qanday hollarda jismoniy shaxslar jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirishlari kerak?
Jismoniy shaxslar soliq imtiyozlaridan foydalanish maqsadida quyidagi hollarda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshiradilar:
-
kontrakt toʻlovlariga yoʻnaltirilgan daromadlar boʻyicha soliq summasini qaytarib olish uchun;
-
ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablarda bolalarning taʼlimiga yoʻnaltirilgan daromadlar boʻyicha soliq summasini, har bir bola uchun oyiga 3 million soʻmgacha miqdorda qaytarib olish uchun.
2. Deklaratsiyani qanday topshirish mumkin?


Jismoniy shaxslar deklaratsiyani soliq organlariga bormasdan, masofadan turib topshirishlari mumkin:
-
Soliq mobil ilovasidagi “Soliq imtiyozlarini qaytarish” elektron xizmati orqali;
-
my3.soliq.uz saytida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali.
3. Soliq imtiyozlarini qaytarish uchun deklaratsiyaga qanday hujjatlar biriktiriladi?
Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni PDF formatidagi bitta faylda skanerlangan holda ilova qilishlari kerak:
-
taʼlim muassasasi (oliy ta’lim muassasasi / nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va (yoki) maktab) bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
-
toʻlov hujjatlari, chek(lar).
4. Shaxsiy maʼlumotlarni kiritish kerakmi?
Yoʻq, barcha zarur shaxsiy maʼlumotlar, shu jumladan ish haqi va daromadlar haqidagi maʼlumotlar tizimda avtomatik shakllanadi.
5. Deklaratsiya topshirilgandan keyin nima qilish kerak?
Deklaratsiyani topshirgandan keyin keyingi qadam – “Ortiqcha toʻlovni qaytarish” bo‘limida ariza yuborish.
Qaytarish arizasida MFO va tranzit hisob raqamini koʻrsatish kerak. Ushbu maʼlumotlarni bankingizning qoʻllab-quvvatlash xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, yuridik shaxsdan oʻtkazmalar uchun bilib olib, arizaga qoʻlda kiritish lozim.
6. Menga deklaratsiyada rad javobi berildi. Sababini qayerdan bilsam boʻladi va keyin nima qilish kerak?
Soliq mobil ilovasidagi “Soliq imtiyozlarini qaytarish” bo‘limiga kiring va rad etish sababini aniqlang.
Kamchiliklarni to‘g‘rilagan holda jismoniy shaxslar deklaratsiyani takroran (qayta hisob-kitob qilib) topshirishlari mumkin.
7. Deklaratsiya boʻyicha qo‘shimcha savollar tugʻilsa, qayerga murojaat qilish mumkin?
Deklaratsiya bilan bogʻliq savollar yuzaga kelgan taqdirda, masofadan turib biriktirilgan soliq inspektriga murojaat qilish mumkin – bu haqdagi maʼlumot soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida joylashtirilgan:
https://my3.soliq.uz/
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi
