Jismoniy shaxslardan xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini elektron kirim qilish tartibi bo‘yicha
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini elektron dalolatnoma rasmiylashtirish orqali xarid qilishda sotuvchining shaxs ma’lumotlarini kiritish majburiymi?
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qarori bilan tasdqilangan “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga asosan dalolatnoma sotuvchi tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi. Shunga muvofiq, sotuvchining shaxs ma’lumotlarini kiritish ixtiyoriy hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qarori bilan tasdqilangan “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga asosan dalolatnoma sotuvchi tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi. Shunga muvofiq, sotuvchining shaxs ma’lumotlarini kiritish ixtiyoriy hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslardan xarid qilinganda elektron dalolatnoma rasmiylashtiriladimi?
Yuridik shaxs yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslardan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib oladigan boʻlsa, mazkur mahsulotlar elektron hisobvaraq-faktura asosida kirim qilinadi.
Yuridik shaxs yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslardan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib oladigan boʻlsa, mazkur mahsulotlar elektron hisobvaraq-faktura asosida kirim qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda elektron dalolatnomani rasmiylashtirish muddati qancha?
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda elektron dalolatnomani shu kunning oʻzida rasmiylashtirish maqsadga muvofiq.
Shunga qaramasdan, xarid amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 10-sanasigacha elektron dalolatnomani rasmiylashtirishning texnik imkoniyatlar yaratilgan.
Elektron dalolatnomani tahrirlash imkoniyati bormi?
Xaridorlar tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha quyidagi hollarda xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qiymatiga uni ko‘paytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritiladi va ushbu tuzatish qo‘shimcha dalolatnoma tuzish orqali kiritiladi:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi va (yoki) miqdori o‘zgarganda;
- ma’lumotlar xato kiritilganligi aniqlanganda.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda qo‘shimcha dalolatnoma mazkur holatlar ro‘y bergan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay rasmiylashtiriladi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini elektron dalolatnoma rasmiylashtirish orqali xarid qilishda soliq majburiyatlari qanday?
Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjalik mahsulotlari va quruq mevalarni bozor hududi va dehqonlardan naqd pulga sotib olganda mazkur mahsulotlar haqiqatda jismoniy shaxsning oʻzining uy xoʻjaligida yetishtirilgan boʻlsa, Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi.
Jismoniy shaxslar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib olib, yuridik shaxslarga qayta sotsa, qayta sotishdan olgan daromadlari boshqa daromadlar tarkibiga kiritiladi va soliq agenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan belgilangan tartibda toʻlov manbaida 12 foizli soliq stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushlab, budjetga toʻlab beriladi.
Eksportyor korxona tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilinib, eksport shartnomasi shartlari oʻzgarganligi natijasida mahsulotlarni ichki bozorga sotish mumkinmi?
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilgan eksportyor korxona tomonidan ichki bozorga ushbu mahsulotlarni sotish imkoniyati cheklanmagan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish faoliyati bilan shugʻullanaman. Joriy yilning fevral oyida xarid qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ham elektron dalolatnoma rasmiylashtrigan holda kirim qilsam boʻladimi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PF–22-son Farmoniga asosan mazkur tartib 2025-yil 1-martdan boshlab joriy etilgan.
Elektron dalolatnoma rasmiylashtirishda mahsulot MXIK kodini chiqmayapti?
Tasnif.soliq.uz sayti orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotining MXIK kodini tanlanganlarga qoʻshish lozim.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlab eksport qilaman. Dalolatnoma shakllantirishda xatolik chiqmoqda. Eksportyor korxonalar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar bu imkoniyatdan foydalana oladi.
Elektron dalolatnoma rasmiylashtirishda sotuvchining JShShIRini kiritish ixtiyoriy. Sotuvchining JShShIRini kiritmagan holda Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi imtiyozidan foydalanishim mumkinmi?
Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjalik mahsulotlari va quruq mevalarni bozor hududi va dehqonlardan naqd pulga sotib olganda mazkur mahsulotlar haqiqatda jismoniy shaxsning oʻzining uy xoʻjaligida yetishtirilgan boʻlsa, Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi. Shunga muvofiq, sotuvchining JShShIRini koʻrsatishingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
QQS ma'muriyatchiligi boshqarmasi
