Ichki audit
Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanadatakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.08.2021 yildagi PF-6300-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.02.2022 yildagi PQ-128-son
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatito‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.08.2022 yildagi 416-son
Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasinitasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 27.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3406
_____________________________________________________________________________________________________________________________
Soliq qoʻmitasi Ichki audit boshqarmasining 2025-yil 9 oydagi faoliyati toʻgʻrisida
“Tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash” tamoyili asosida byudjet mablagʻlarini tejash va mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
Soliq qoʻmitasining Ichki audit boshqarmasi tomonidan 2025-yil 9 oy davomida rejalashtirilgan 18 ta soliq organlarida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 10 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan va 14 holatda xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, tegishli hujjatlar huquqiy baho berish uchun vakolatli organlarga yuborilgan.
Nazorat tadbirlarda aniqlangan xato va kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf qilish ishlari doimiy nazoratga olindi.
Ichki audit boshqarmasi
