Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘z band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?
Joriy yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadi 100 mln so‘mdan oshganda, yakka tartibdagi tadbirkorlar YTT kabi soliq tolashga otishi belgilandi.
Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar AOS to‘lovchilari hisoblanadi.
Shunga asosan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ham daromadi 100 mln so‘mdan oshgan kundan e’tiboran AOS to‘lashga o‘tadi. 15-fevral AOS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni.
Hisobot topshirish uchun my.soliq.uz saytidagi Yakka tartibdagi tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi, u yerdan YTTlarning tovar aylanmalari bo‘yicha hisobot shakllari tugmasi tanlanadi. AOS hisobot bo‘yicha qo‘llanma.
Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni shaxsiy kabineti orqali to‘lashi mumkin.
