Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik uchun qanday javobgarlik belgilangan?
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Soliq kodeksi 220-modda
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
- YATTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
- Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
MJTK 175-modda 2-qismi
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
MJTK 175-modda 5-qismi
