Soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi kimga berildi?
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qo'shimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash huquqi berildi.
Asos Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 2023-yil 28-dekabrdagi O'RQ-891
Avval soliq auditi natijasida qo'shimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda to'lash imkoni mavjud edi (Soliq kodeksi 100-modda).
