QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati to‘ldirildi
2025-10-31 12:45:00 / Qo'mita yangiliklari

QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati to‘ldirildi
Ma'lumki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) sotishda QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi.
PF-153-son, 4.09.2025-yil
Prezident Farmoniga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan QQSning nol stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati tasdiqlandi.
Nol stavkadagi QQS qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 131 taga ko‘payib, qayta tasdiqlandi va Soliq qo‘mitasi rasmiy saytining ochiq ma’lumotlar bo‘limiga joylashtirildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarning takliflariga asosan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
