Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 124,8 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan
2025-10-28 16:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 124,8 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida 124,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 44% o‘sish.
To’langan soliqlarning 93%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta - 35,2 mlrd so'm;
- Apple - 35,1 mlrd so'm;
- Google - 31,2 mlrd so'm;
- OpenAI - 4,7 mlrd so'm;
- Вooking.соm - 2,9 mlrd so'm;
- TikTok - 2,6 mlrd so'm;
- Netflix - 1,3 mlrd so'm;
- Acca - 1,1 mlrd so'm;
- Zoom - 1,1 mlrd so'm;
- Adobe - 1 mlrd so'm.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Soliq kodeksi 281-modda
