Assalomu alaykum! Qadrli ichki ishlar organlari xodimlari! Soha faxriylari!
2025-10-25 14:55:00 / Qo'mita yangiliklari
Assalomu alaykum!
Qadrli ichki ishlar organlari xodimlari!
Soha faxriylari!
Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman.
Tizimda yuksak namuna hamda matonat, qat’iy intizom bilan o‘z xizmat vazifasini ado etayotgan barcha ofitser va serjantlarni samimiy tabriklayman.
Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatlaringizni barchamiz yuksak qadrlaymiz. Albatta, bunda sizlarning qat’iy irodangiz, mashaqqatli mehnatlaringiz, sadoqat, fidoyilik kabi insoniy fazilatlaringiz mujassam.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash va jamiyatimizda adolat hukm surishiga erishishni o‘z kasbi, o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan ichki ishlar organlari xodimlari, sizlarni va oila a’zolaringizni kasb bayramingiz bilan muborakbod etaman. Sizlarga sog‘lik, omonlik va baxt tilayman.
Vatan va yurt tinchligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan sharafli va mas’uliyatli ishlaringizda hamisha omad yor bo‘lsin!
