Tadbirkorlar barqarorlik reytingi – O‘zbekistonda biznesni rivojlantarishning yangi vektori
2025-10-23 14:00:00 / Qo'mita yangiliklari
Reyting ma’lumotlarini real vaqt rejimida Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borilmoqda.
Hozirda platformada jami 557,2 mingta tadbirkordan 10,2 mingtasi yuqori (AAA – 1 861 ta), 89,3 mingta – o‘rta (B), 245,9 mingta – qoniqarli (S), 211,8 mingta – quyi (D) reytingda joylashgan.
Reyting tizimi joriy qilingandan bugungi kunga qadar erishilgan natijalar:
- AAA reytingdagi tadbirkorlarning 2,0 mingtasiga 4,2 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi;
- soliq hisobotini muddatida taqdim etayotgan tadbirkorlar soni 101,0 mingtaga ortdi (356,9 mingtadan 457,9 mingtaga);
- soliqlarni belgilangan muddatda to‘laydigan korxonalar soni 101,5 mingtaga ortdi (81,2 mingtadan 192,7 mingtaga);
- elektron hisobvaraq-fakturalarning belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishi 25,4 mln taga ortib 28,5 mln taga yetdi;
- ishchilar soni 139,4 mingta korxonada 865,3 mingtaga (2,2 mlntadan 3,1 mlntaga), mehnatga haq to‘lash fondi 302,9 mingta korxonada 36,1 trln so‘mga (161,9 trln so‘mdan 198,0 trln so‘mga) ortdi;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlagan korxonalar soni 12,8 mingtaga ortdi (119,2 mingtadan 132,0 mingtaga) hamda bandligini ta’minlagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar soni 191,7 mingtaga ortdi (605,9 mingtadan 797,6 mingtaga).
Mezonlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-son qarori bilan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, Qaror loyihasi bilan reyting tizimidagi 11 ta mezon takomillashtirilmoqda hamda 5 ta yangi mezon kiritilmoqda.
Jumladan:
1) tadbirkorning umumiy reyting ko‘rsatkichi oxirgi 30 kunda amalda bo‘lgan yig‘indisining o‘rtachasidan kelib chiqib belgilanmoqda;
2) 1-mezon. Kalendar yilida kamida 3 oy tovarlar (xizmatlar) aylanmasi (sotuv-xarid) amalga oshirilganda faoliyat ko‘rsatgan davri siftida inobatga olinmoqda;
3) 2-mezon. Oldingi EBITDA mezoni o‘rniga (eski 21-mezon) xodimlar sonini oshishi bo‘yicha endilikda, xodimlar soni oshishi foizda, sonda hamda xodimlar doimiy bandligi ta’minlab kelayotgan har 100 ta xodim uchun 1 balldan maksimal 10 ball beriladi.
4) 3-mezon. Ijara shartnomasi bo‘yicha QQS to‘lovchilar 18 kv.m kam bo‘lmagan noturar joylarni ijaraga olgan yuridik shaxslarga ball beriladi. Bunda, oilaviy, advokatura, IT park rezidentlari mustasno.
Qishloq xo‘jaligi yerlari ijarasi va ta’sischiligidagi korxonalarga 1000 kv.mdan ortiq berilgan ijara – 10 ball.
5) 5-mezon. Hisobot taqdim etilmaganda – 5 ball chegiriladi;
6) 6-mezon. Qo‘shimcha ravishda 7-mezon shartlari birlashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 baravaridan ortiq soliq qarzi soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan yoki to‘lanmagan bo‘lsa 5 ball chegiriladi;
6) 7-mezon. 22 va 23-mezonlar birlashtirilib, valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmasligi sharti qo‘shimcha kiritildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalarining alohida xususiyatlaridan kelib chiqib tovarlarni realizatsiya qilish summasi qishloq yerining normativ qiymatidan oshganda 10 ball beriladi;
7) 9-mezon. Mazkur mezonda faqatgina tovarlar emas xizmatlar ham inobatga olindi;
8) 10-mezon. Soliq organlari tekshiruvidan oldingi tahlil hamda kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlagan kamchiliklar 10 kunda bartaraf etilmagan taqdirda BHM 0,5 baravaridan ortiq bo‘lgan qismi uchun 5 ball chegirilishi nazarda tutildi;
9) 14-mezon. Hisobotlarga bir marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa ball chegirilmasligi, ikki va undan ortiq kiritilgan har bir o‘zgartirish uchun 1 balldan, o‘n va undan ortiq o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa 10 ball chegirilishi nazarda tutilgan;
10) 20-mezon. Ketma-ket keladigan uch kalendar oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblangan Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shuningdek, Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning a’zolari bandligini ta’minlanganda ball beriladi;
11) 21-mezon. EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi qo‘shimcha ball beruvchi mezonlarga tarkibiga o‘tkazilib, 5 ball etib belgilandi;
12) 22-mezon. Foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari uchun 10 ball berilishi belgilangan yangi mezon kiritildi;
13) Yangi mezonlar Raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishi, dala chetlaridan samarali foydalanish, yashil energiyadan foydalanish samaradorligi hamda ekologik markirovkalash sertifikati mavjudligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholashni ko‘zda tutuvchi 4 ta yangi mezonlar kiritildi.
Natijada, qonunlarga rioya etib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida jami 147 balldan (asosiy mezonlar 100 ball, qo‘shimcha 47 ball) 96 ball (65%) olib, AAA reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish imkoniyati oshdi.
Xavfni tahlil qilish va soliq to'lovchilarni segmentlash boshqarmasi
