Raqamli markirovka yaroqlilik muddati o'tgan tovarlar savdosini cheklaydi
2025-10-16 09:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Raqamli markirovka yaroqlilik muddati o'tgan tovarlar savdosini cheklaydi
O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli markirovkalash tizimi yuqori likvidli mahsulotlar muomalasining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovkalash yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar realizatsiyasini cheklaydi.
PQ-296 06.10.2025 y.
Quyidagi mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalanishi shart:
- alkogol va tamaki mahsulotlari;
- pivo mahsulotlari;
- maishiy texnikalar;
- dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar;
- suv va salqin ichimliklar.
Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar har bir mahsulot haqida batafsil ma’lumotlarni “Asl belgisi” avtomatlashtirilgan tizimiga (“CRPT Turon” MChJ) kiritgan holda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarga Data Matrix maxsus markirovka kodlarini qo‘llaydi:
- mahsulot nomi,
- miqdori,
- hajmi,
- ishlab chiqarish sanasi,
- yaroqlilik muddati va boshqalar.
Sotuvchi 2D skaner yordamida mahsulotning raqamli markirovka kodini skanerlaganda, tizim avtomatik ravishda “Asl belgisi” AISdan markirovka kodini tekshiradi. Agarda mahsulotning yaroqlilik muddati o'tganligi aniqlansa, Onlayn-NKT ekranida “mahsulot yaroqli muddati o‘tgan” mazmunida ogohlantirish xabari aks etadi va chek shakllanmaydi.
Shu tariqa muddati o'tgan tovarlar realizatsiyasi sotuvchining ishtirokisiz avtomatik ravishda bloklanadi.
“Asl belgisi” tizimida bloklangan mahsulotlar yaroqsiz deb topiladi va qonun talablariga muvofiq balansdan chiqarilishi kerak.
Tovarlarni markirovkalash nazorati boshqarmasi
