Yil boshidan chek bermaslik yuzasidan 66 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan
2025-09-24 10:45:00 / Qo'mita yangiliklari

Yil boshidan chek bermaslik yuzasidan 66 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.
Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi. PF-5813-son 06.09.2019-yil
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
VMQ-943 23.11.2019
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Soliq kodeksi 221-modda
Chek bermaganlik uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin. Joriy yil boshidan chek bermaslik yuzasidan 66 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.
Sayyor soliq tekshiruvlari boshqarmasi
