O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqish
2025-09-19 16:00:00 / Qo'mita yangiliklari
Ushbu qaror “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda raqamli xizmatlarni kengaytirishni nazarda tutadi.
Qaror doirasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan ustuvor loyihalar va yo‘nalishlar belgilab berildi. Jumladan:
- 41 ta ustuvor “Raqamli hukumat” loyihalarini amalga oshirish va elektron davlat xizmatlari ko‘lamini 70 foizga yetkazish;
- Mahallalarda 30 dan ortiq davlat xizmatlarini raqamli formatda taqdim etish;
- 66 ming km optik tolali aloqa liniyasini o‘tkazish va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
- 100 dan ortiq elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, fuqarolarga proaktiv xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish.
Shuningdek, mobil ilovalar orqali davlat xizmatlarini oson va tez olish imkoniyati yaratilib, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim sohalarda raqamlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Shu bilan birga Qarorda ta’lim, sog‘liqni saqlash, suv xo‘jaligi, transport sohalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, raqamli industriyani qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti
