Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?
2025-08-27 09:25:00 / Qo'mita yangiliklari
Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?
Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
Buni
💻 ijara.soliq.uz saytida
📱 Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
“Soliq” mobil ilovasining "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.
Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning JShShIR kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.
(https://t.me/soliqnews/7577)✅ Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.
Soliq kodeksi, 378-modda, 19¹-bandi.
2025-yil 1-avgust holatiga talabalar bilan 65,3 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 95 307 nafarni tashkil etdi.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi
