Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
2025-08-05 14:50:00 / Qo'mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Babayev Farrux Mansurovich Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Farrux Babayev bunga qadar Soliq qo‘mitasida Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega Babayev Farrux Mansurovich bugun shaxsiy tarkibga tanishtirildi.
