audio

    0+
    Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

    MXIK

    Qadoqni shakllantirish uchun:
    ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
    Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
    Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

    Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash (https://t.me/soliqnews/7040) mavjud.

    Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
    qadoqlash turini tanlash;
    tovar miqdorini kiritish;
    o'lchov birligini tanlash;
    qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

    Xuddi shunday tartib tashqi qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

    Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

    Barcha yaratilgan qadoqlar "Qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" oynasida saqlanadi.

    MXIK uchun elektron onlayn-ariza qoldirish 
    MXIKdan foydalanadigan soliq to'lovchilarga eslatma

    • view_icon 2450
    : 2024-03-06 12:41:56