Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?
2025-07-15 14:35:00 / Qo'mita yangiliklari

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 30 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 40 mln soʻm.
Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
Soliq kodeksi 470-prim 1-modda
Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
PQ-419-son, 10.11.2022-y.
Umumbelgilangan soliqlar maʼmuriyatchiligi boshqarmasi
