Soliq ilovasi yangilandi
2025-06-30 18:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.16 versiyasiga yangi xizmatlar va bir qator qulayliklar qo‘shildi:
«Konsert-tomosha faoliyati» - ushbu xizmat orqali xonanda va ijrochilar uchun yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish imkoniyati yaratildi;
«Soliq imtiyozlarini qaytarish» - ushbu xizmat takomillashtirildi va bir nechta imtiyoz turi bo‘yicha deklaratsiyani to‘ldirish imkonini beradi;
«Keshbek» - bu bo‘limda endilikda har bir ro‘yxatdan o‘tgan chek tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha taqsimlanadi.
Soliq mobil ilovasini faqatgina rasmiy platformalardan yuklab oling:
Play Market
App Store
Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi
