Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari
2025-06-23 17:35:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yil 1-iyun holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 838,4 mlrd so‘mlik 91 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
- soliq auditi bo‘yicha - 675,9 mlrd so‘mlik 63 ta;
- sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 162,5 mlrd so‘mlik 28 ta.
Xususan, 2 ta 19,9 mlrd soʻmlik murojaatda soliq toʻlovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan.
Shuningdek:
▫️ 653,4 mlrd so‘mlik 80 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️ 165,1 mlrd so‘mlik 9 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi
