Mukofot jamgʻarmasi $1 000 000 boʻlgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi!
2025-06-09 14:25:00 / Qo'mita yangiliklari
Mukofot jamgʻarmasi $1 000 000 boʻlgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ–357-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap “President Tech Award” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 2023-yil 15-fevraldagi 66-son qaroriga asosan yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eksportga yoʻnaltirilgan va jahon bozorida raqobatbardosh startap loyihalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili “President Tech Award” tanlovini oʻtkazish belgilangan.
Qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida, mamlakatimizda innovatsiyalar va tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, shuningdek, yoshlar orasida startap madaniyatini rivojlantirish yuzasidan “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ tomonidan har yili “President Tech Award” tanlovi tashkil etilmoqda.
Yuqoridagilarga asosan, aholining startap madaniyati, yoshlar orasida IT sohasiga boʻlgan qiziqishini hamda yurtimizda axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi islohot va tashabbuslarni yanada kuchaytirish maqsadida, “President Tech Award” tanlovi oʻtkazilmoqda.
Tanlov yoʻnalishlari:
Sunʼiy intellekt texnologiyalari;
Ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar;
Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari;
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
Kompyuter va mobil oʻyin dasturlari;
Maxsus yoʻnalish – Hakaton
Tanlovda qatnashing, oʻz startapingizni taqdim eting va moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻling!
Roʻyxatdan oʻtish: https://awards.gov.uz/login
