Savdo sohasidagi korxonalar 11 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
2025-06-12 17:00:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yil yanvar-aprel oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 143 824 ta yuridik shaxs tomonidan 11,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Shundan 852,1 mlrd so‘mi, ya’ni 7,3%i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 18,3 trln so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari esa 35,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 297,3 mlrd so‘m;
- foyda solig'i – 169,1 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i - 163,2 mlrd so‘m;
- JShODS - 120,1 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 84,5 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 11,8 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 6,1 mlrd so‘m.
Umumbelgilangan soliqlar ma'muriyatchiligi boshqarmasi
