Xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar 12 trln so‘mdan oshdi
2025-06-12 14:55:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yil yanvar-aprel oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 160 412 ta yuridik shaxs tomonidan 12 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Shundan 2,3 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 18,6%i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 28,3 trln so‘mni, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 702 mlrd so‘m;
- foyda solig'i – 701,2 mlrd so‘m;
- JShODS - 315,3 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 314,9 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 126,4 mlrd so‘m;
- aksiz solig'i - 101,8 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 48,2 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 4,8 mlrd so‘m.
Umumbelgilangan soliqlar ma'muriyatchiligi boshqarmasi
