Hurmatli soliq to‘lovchilar!
2025-06-06 12:50:00 / Qo'mita yangiliklari
Texnik nosozliklar sabab my.soliq.uz, my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portallarida, ijara.soliq.uz, esi.uz saytlari, EHF rouming-operatori va boshqa servislar, shuningdek Soliq mobil ilovasi faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Mutaxassislar xizmatlarning barqaror ishlashi uchun barcha zarur choralarni ko'rmoqda.
Tushunganingiz uchun rahmat va vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
