Ikki yil davomida foydalanilmagan MXIKlar nofaol holatga o‘tkaziladi
2025-06-05 17:00:00 / Qo'mita yangiliklari
Avval xabar berilganidek, "Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risida" gi Nizom tasdiqlangan.
Unga muvofiq, soliq to‘lovchilar tomonidan 2 yil davomida foydalanilmagan MXIKlar nofaol holatga o‘tkaziladi.
O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, tasnif.soliq.uz katalogida mavjud 484,3 mingta MXIK kodlaridan 96,2 mingtasi (19,9 %) 2023-yil 1-yanvardan buyon EHF va onlayn-NKT cheklarida foydalanilmaganligi aniqlandi.
Ushbu MXIKlar ro‘yxati
2025-yil 15-iyundan boshlab mazkur roʻyxatdagi MXIKlar nofaol holatga oʻtkazilishi ma'lum qilinadi.
"Yangi texnologiyalar" IAM
