O‘zbekiston tarixida ilk marotaba: WTT Youth Contender Tashkent – 2025 — Toshkentda start oldi
2025-05-28 17:55:00 / Qo'mita yangiliklari
28-may kuni “Humo Arena”da yosh iqtidorlar maydoniga aylandi!
O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro stol tennisi musobaqasida 11 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etmoqda.
U11, U13, U15, U17 va U19 toifalaridagi bellashuvlar 31-maygacha davom etadi.
Maqsad — tajriba, motivatsiya va reyting ochkolari!
Bu musobaqa yosh tennischilarga nafaqat sport, balki yangi cho‘qqilar sari tashlangan dadil qadam, kelajak yulduzlari uchun katta sahnaga tramplin, O‘zbekiston uchun esa yana bir xalqaro eʼtirofdir!
