WTT Youth Contender Tashkent – 2025: Yosh stol tennisi yulduzlari “Humo Arena”da kuch sinashmoqda
2025-05-29 18:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” xalqaro sport arenasi navbatdagi yirik musobaqaga guvoh bo‘lmoqda. Ikkinchi kun davom etayotgan WTT Youth Contender Tashkent – 2025 xalqaro stol tennisi musobaqalari yosh sportchilar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bugun musobaqa taqvimidan o'rin olgan yakkalik hamda juftlik bahslari bo’lib o’tyapti.
O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan eng iste’dodli yosh tennischilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, chempionlik uchun kurash olib bormoqda.
WTT Youth Contender Tashkent – 2025 nafaqat sport maydonida, balki yoshlar tarbiyasida ham katta ahamiyatga ega. Bu tadbir yosh tennischilarga yangi cho‘qqilarga erishish uchun mustahkam poydevor yaratadi, kelajakdagi yulduzlar uchun esa xalqaro maydondagi katta sahnaga chiqish imkoniyati hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston uchun ham bu xalqaro musobaqa yurtimizning sport sohasidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston sportsevarlari va mutaxassislari bu kabi xalqaro musobaqalarni qo‘llab-quvvatlab, yoshlar sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. WTT Youth Contender Tashkent – 2025 musobaqasi bunday harakatlarning yorqin namunasidir.
Kelajakda bu maydonda yangi avlod yulduzlarining nomlari, albatta, yanada ko‘p eshitiladi.









