Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari
2025-05-20 16:25:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yil 1-may holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 703,7 mlrd so‘mlik 66 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
- soliq auditi bo‘yicha - 623,3 mlrd so‘mlik 43 ta;
- sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 80,4 mlrd so‘mlik 23 ta.
Xususan, 2 ta 19,9 mlrd soʻmlik murojaatda soliq toʻlovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan.
Shuningdek:
- 609,9 mlrd so‘mlik 56 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
- 73,9 mlrd so‘mlik 8 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi
