Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun qanday javobgarlik belgilangan?
2023-12-29 18:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan, soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
MJtK 17-prim 3-modda
Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik quyidagi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi:
▪️YATTlarga BHMning 3 baravari – 1 020 000 soʻm;
▪️yuridik shaxs rahbariga BHMning 10 baravari – 3 400 000 soʻm.
MJtK 175-modda 2-qism
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
MJtK 309-prim 3-modda
Misol.
"A.B.S." korxonasi (shartli nom) tomonidan 2023-yil avgust oyi uchun QQS hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik huquqbuzarligi soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan. Natijada korxona rahbari S.T. ga nisbatan 3,3 mln soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Eslatma! Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab
▫️15 kun ichida 50 %
▫️30 kun ichida 70%
qismini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
MJtK 332-prim 1-modda
Soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan ishlash boshqarmasi
