“2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
2023-12-27 14:35:00 / Press-relizlar

Qonunga koʻra, soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
▫️jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻi;
▫️jismoniy shaxslar yer soligʻi;
▫️mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek, YaTTlar tomonidan toʻlanadigan JShODS;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, (elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq bundan mustasno);
▫️noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.
Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i;
▫️yuridik shaxslar yer soligi;
▫️elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
▫️benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
▫️AOS;
▫️tamaki, alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo (import orqali kirgan mahsulotlardan tashqari), shuningdek mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar.
Qonun 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
