Fuqarolarning elektron pochtalariga soliq qarzi mavjudligi va uni to'lash zarurligi haqida xabarnomalar kelib tushganligi ma'lum bo‘ldi
2025-05-14 16:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq qo‘mitasi nomidan yuborilgan ushbu xatlar firibgarlikning bir ko‘rinishi ekanligi va soliq xizmatiga hech qanday aloqasi yo'qligini ma'lum qilamiz.
Soliq organlari soliq to'lovchilarga elektron hujjatlarni faqat my.soliq.uz va my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi.
Hisoblangan soliqlar va qarzdorlik haqidagi barcha ma'lumotlar real vaqt rejimida shaxsiy kabinetda va Soliq mobil ilovasida mavjud.
Agar savollar yuzaga kelsa, soliq to'lovchilar o'zlariga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishlari mumkin. Uning aloqa ma'lumotlari shaxsiy kabinetida ko'rsatilgan.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan saqlaning!
