Bir tomonlama EHF yozishga ruxsat berilgan daromad turlari bosqichma-bosqich qisqartirib boriladi
2025-05-08 18:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq to‘lovchilarning murojaatlarini inobatga olgan holda joriy yilning aprel oyi uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirishga ruxsat berildi.
Tovarlar (xizmatlar) hisobvaraq-faktura taqdim etmagan holda realizatsiya qilinganda yetkazib beruvchi har kalendar oy yakuni bilan bir marta umumlashtirilgan holda bir tomonlama EHFni shakllantiradi.
👉VMQ–489, 14.08.2020-yil.
Soliq solish obyekti sifatida ayrim xarajat va boshqa daromadlarga bir tomonlama EHF rasmiylashtiriladi.
👉VMQ–489, 2-ilova 3-band
👉VMQ–489, 2-ilova 59 prim 1-band
Biroq, ayrim soliq to‘lovchilar tomonidan qarorda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun ham bir tomonlama EHF rasmiylashtirib kelinmoqda.
Hisob hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash maqsadida keyingi oydan boshlab grafik asosida bir tomonlama EHF rasmiylashtirishga ruxsat berilgan xizmat turlari bosqichma-bosqich qisqartirib boriladi.
