Kam ta'minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
2025-04-30 17:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim mahsulotlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.
Ayni paytgacha 168 146 nafar iste'molchiga 19,7 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.
TOP-3 hududlar:
- Toshkent shahri - 5,4 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati - 2,2 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati - 1,8 mlrd so‘m.
Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.
Soliq to'lovchilarni rag'batlantirish hisobini yuritish va monitoring qilish boshqarmasi
