Soliq qoʻmitasi soliq maʻmuriyatchiligida ilgʻor xorijiy tajribaga tayanadi
2025-04-16 15:50:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qoʻmitasi muntazam «Katta toʻrtlik» ka (Big 4) kiruvchi xalqaro audit va konsalting kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlik qilib kelmoqda. Ular soliq, audit va moliyaviy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida jahonda keng tajribaga ega.
Bunday hamkorlikning navbatdagi bosqichi Ernst and Young Kazakhstan delegatsiyasi bilan uchrashuv doirasida amalga oshirildi.
Unda Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev ishtirok etdi. Muloqot davomida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasidagi dolzarb masalalar va ularni xalqaro tajribaga asoslanib samarali hal etish yoʻllari muhokama qilindi.
Xalqaro delegatsiya vakillari Polsha va Ozarbayjon misolida olib borilgan analitik tadqiqotlar natijalarini o‘rtoqlashdilar, BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) dasturining 13-standartlarini qoʻllash – foydani yashirish orqali soliq bazasini kamaytirish va soliqdan qochish harakatlariga barham berish bo‘yicha xalqaro tashabbusdir.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha kompaniya Soliq qoʻmitasi bilan moliyaviy harakatlarning shaffofligini ta'minlash va yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Shu kabi tadbirlar milliy soliq tizimiga ilgʻor xalqaro tajribani joriy qilish yoʻlida muhim qadam boʻlib, xalqaro maydonda samarali hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratmoqda.


